Rossiya terma jamoasi darvozabonlari murabbiyi Vitaliy Kafanov Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2024da o‘zida eng katta taassurot qoldirgan darvozabon nomini aytdi.
"Gruziyalik darvozabon Mamardashvilining o‘yini meni hayratda qoldirdi. Uning yaxshi darvozabon ekanligini bilardim.
Ishonchim komilki, u endi Yevropaning eng yaxshi klublaridan takliflar oladi", - dedi Kafanov.