Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 9-o‘rinni egalladi

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 9-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha yilning eng nufuzli turnirlaridan birida ishtirok etdi. Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida 10 nafar grossmeyster ishtirokida bo‘lib o‘tgan turnir kecha yakuniga yetdi.

Hamyurtimiz 9 ta o‘yinnning 8tasida durang o‘ynab, bittasida imkoniyatni boy berdi. Natijada u 4,0 ochko bilan 9-pog‘onani band etdi.

5,0 ochkodan to‘plagan Prggnanandha, Fabiano Karuana, Gukesh va Alirizo Feruja g‘olibni aniqlash maqsadida rapid uslubida o‘zaro o‘yinlarda ishtirok etishdi. Barcha raqiblarini mag‘lub etgan Karuana g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Alirizo ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Gukesh kuchli uchlikka kirdi.

Umuman olganda, o‘tkazilgan 45 ta klassik partiyalarning 38 tasida durang qayd etilganini ta’kidlash lozim.

Nodirbek Abdusattorov turnirdagi ishtiroki uchun 14500 dollar miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:34, 06.07.2024.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик