Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:00 Lester 0-3 Man. Yunayted
17/03 00:45 Atalanta 0-2 Inter
17/03 01:00 Atletiko 2-4 Barselona

"Navbahor" murabbiyi: “Vaziyatlarni yakuniga yetkazishda oqsash bo‘lyapti”

"Navbahor" murabbiyi: “Vaziyatlarni yakuniga yetkazishda oqsash bo‘lyapti”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (1:0) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida namanganliklar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

-  Qiyin g‘alaba bo‘ldi. O‘zi yengil yutuqlar bo‘lmaydi. O‘zinglar ko‘rdinglar, uchrashuvning birinchi bo‘limi va ikkinchi bo‘limning o‘rtalarigacha o‘yindagi ustunlik jamoamiz tarafida bo‘ldi. Lekin yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Vaziyatlar bo‘lyapti, lekin ular yakuniga yetmayapti. Masalan, Nikabadzeda golli vaziyat yuzaga keldi. Shuningdek, Abror yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, Asad darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi. Vaziyatlar yaratganimiz bilan, ularni yakuniga yetkazishda oqsash bo‘lyapti. Natijada uchrashuvning so‘nggi daqiqalari asabiy ruhda kechdi. Buxoroliklar gol urishga intilishdi. Lekin himoyada yaxshi turgan holda, g‘alabani saqalab qolib, keyin bosqichga yo‘l oldik.

Siyavash Haqnazari va Giorgi Nikabadzelar o‘zlariga yarasha mahoratga ega bo‘lishsada, o‘yinni to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga ega emaslar. Shu bois, Giorgini almashtirdim, Siyavash esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Zaxira o‘rindig‘imiz cheklangan. Mazkur futbolchilarning avvalgi o‘yinlarda boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishmagani yoki maydonga tushmaganliklari mashg‘ulotlar jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan.

 Endi oldinga intilishga harakat qilamiz. Tarkibni kuchaytirib, ishlashda davom etamiz, - dedi Grigoriy Kolosovskiy.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:31, 06.07.2024.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz