"Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bilan bo‘lgan orzusi haqida gapirdi.
“Messini “Al-Ittifoq”da ko‘rishni orzu qilaman. U aql bovar qilmaydigan futbolchi va klubga katta foyda keltiradi. Bilaman, futbolchilar uchun Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish qiyin, ammo orzularda yomon narsa yo‘q", - deya Jerrardning so‘zlarini keltiradi AS.