Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Navbahor», «Nasaf» va «Paxtakor» jahonning eng kuchli klublari ro‘yxatiga kiritildi

«Navbahor», «Nasaf» va «Paxtakor» jahonning eng kuchli klublari ro‘yxatiga kiritildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli klublari yangi reytingini e’lon qildi.

Sayyoramizdagi 5 ta qit’aning 75 ta milliy chempionatlari qatnashchilari bo‘lgan 504 ta jamoa nomi keltirilgan mazkur ro‘yxatga klublarning 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 30 iyungacha bo‘lgan davrda qayd etgan natijalari asos qilib olingan.

Dunyoning eng zo‘r jamoalari reytingini Yevropaning grand klublari boshqarib turibdi. Birinchi pog‘onada UYEFA  Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” bormoqda. Ispaniya grandining bir yil davomida 371 ball to‘plagani qayd etilgan.

Yangi reytingning dastlabki o‘n bir pog‘onasini faqat “ko‘hna qit’a” jamoalari – “Real”dan keyin “Manchester Siti”, “Bayer”, “Atalanta”, “Borussiya” (Dortmund), “Atletiko” (Madrid), “Bavariya”, “Barselona”, “Arsenal”, “Inter” hamda PSJ egallagan.

Boshqa qit’a vakillaridan eng yuqori pog‘onada Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi joy egalladi.Mazkur klub umumiy reytingda parijliklardan keyin 12-qatorda joylashgan.

Osiyo klublari orasida eng yuqori o‘ringa Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni, tarkibida bir qator jahon futboli yulduzlari to‘p tepadigan  “Al-Hilol” jamoasi loyiq topilib, 40-qatorga o‘rnashdi.

Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “Al-Nasr” jamoasi qit’amizda ikkinchi, dunyo reytingida esa 71-o‘rindan joy oldi.

“Top-500” reytingida O‘zbekistonning uchta jamoasi nomi qayd etilgan.

Biz uchun quvonchlisi, ular orasida “Navbahor” ham bor. Jamoamiz 83,75 ball jamg‘argan holda, IFFHS ro‘yxatida 221-o‘rinni egallab turibdi.

Mamlakatimiz klublari orasida “Nasaf” (Qarshi) 88,25 ball jamg‘argan holda, reytingning 201-qatorida qayd etilgan bo‘lsa, “Paxtakor” (Toshkent) 51 ball to‘plagan holda, 496-pog‘onadan joy oldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:25, 08.07.2024.
O'qildi: 13400 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.