Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Birinchi davra yakunlari: «Navbahor»ning mavsum yarmidagi o‘yinlari natijalari qanday?

Birinchi davra yakunlari: «Navbahor»ning mavsum yarmidagi o‘yinlari natijalari qanday?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda milliy chempionatimizda davralar oralig‘idagi tanaffus payti yuzaga keldi.

Shu bois, an’anaga muvofiq, siz aziz muxlislarni “Navbahor”ning birinchi davraga oid statistik raqamlari bilan tanishtirishni lozim deb topdik.

O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan 13 ta uchrashuvida jamoa 4 ta g‘alaba, 7 ta durang va 2 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

Raqiblar darvozasiga 18 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 14 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

O‘z o‘rnida “lochinlar”ning o‘tkazilgan 13 ta o‘yindan 5 tasida o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishmaganini ham aytish lozim.

Albatta, bunday ijobiy natijani qayd etishda “Navbahor”ning tajribali darvozaboni O‘tkir Yusupov bilan birga himoyachilarning ham munosib hissalari bor.

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, "Navbahor" birinchi davrada o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 7 ta bellashuvning 3 tasida yutuqqa erishib, 4 ta o‘yinga durangga  imzo chekdi hamda Namanganda mag‘lubiyatga uchramadi va bu borada Superligadagi 2 jamoaning  (“Nasaf” bilan birgalikda) biri bo‘ldi.

"Navbahor" 13 ta bahsda raqiblar darvozasiga 18 ta gol urishdi. Bu esa har bir o‘yinga 1,4 tadan gol to‘g‘ri keladi, degani.     

“Navbahor” birinchi davra bahslarida jami 19 ochko to‘plagan holda (48,7 foizlik natija), davralar oralig‘idagi tanaffusga 6-o‘rinni egallagan holda, chiqib ketdi.   

“Navbahor”ning Superliga – 2024  birinchi davrasidagi o‘yinlari natijalari  

Superliga. 1-tur. 1 mart (juma)
“Navbahor” – “Dinamo” – 3:1 (1:0)
Gollar: Abrorbek Ismoilov (19), Toma Tabatadze (47,84-pen.) - Joel Kojo (53).  

Superliga. 2-tur. 9 mart (shanba)
“Navbahor” – OKMK - 1:1 (1:1)
Gollar: Toma Tabatadze (11) – Sardor Rahmonov (19).  

 Superliga. 3-tur. 17 mart (yakshanba)
“Bunyodkor” — “Navbahor” – 2:2 (0:0)
Gollar: Mirjahon Mirahmadov (65,90+6) – Toma Tabatadze (60,73-pen.).

O‘zbekiston Superligasi. 4-tur. 31 mart (yakshanba)
“Navbahor” – “Surxon” - 2:2 (0:2)
Gollar: Azimjon Ahmedov (49), Toma Tabatadze (90+5, pen.) – Sunnatullox Xamidjonov (23), Jahongirbek Abdusalomov (32).

Superliga. 5-tur. 30 iyun (yakshanba)
“Nasaf” – “Navbahor” – 3:2 (2:2)
Gollar: Bobur Abduxoliqov  (9), Sherzod Nasrullayev (34, Abduvohid Ne’matov (65- pen.) – Giorgi Nikabade (4), Farrux Sayfiyev (13).

Superliga. 6-tur. 5 may (yakshanba)
“Navbahor“ – “Lokomotiv” – 4:0 (1:0)
Gollar: Jamshid Boltaboyev (14), Odiljon Hamrobekov (50), Yovan Jokich (62), Siyavash Haqnazari (90+4).

Superliga. 7-tur. 12 may (yakshanba)
“So‘g‘diyona” - “Navbahor” – 1:2 (0:1)
Gollar: Lupcho Doriyev (79-pen.) -  Toma Tabatadze (22-pen.), Jamshid Iskanderov (51).

Superliga. 8-tur. 19 may (yakshanba)
“Navbahor” - “Neftchi” – 1:0 (0:0)  
Gol: Filip Ivanovich (90+4).

Superliga. 9-tur. 24 may (juma)
“Metallurg” – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Iskandar Shayqulov (78) - Toma Tabatadze (15).

Superliga. 10-tur. 30 may (payshanba)
“Navbahor” – “Olimpik” - 0:0

Superliga. 11-tur. 16 iyun (yakshanba)
“Paxtakor” – “Navbahor” - 0:0

Superliga. 12-tur. 20 iyun (payshanba)
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0

Superliga.13-tur. 26 iyun (shanba)
“Andijon” – “Navbahor” - 3:0 (1:0)
Gollar: Levan Arveladze (13), Rustam Turdimurodov (62), Ibrohim Yo‘ldoshev (84-avtogol).

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:50, 09.07.2024.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.