Kataloniyaning "Barselona" klubi Nike bilan shartnomani bir tomonlama bekor qila olmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Oldinroq "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta klub kelishuvni bekor qilmoqchi ekanligini aytgandi.
Manbaning xabariga ko‘ra, sud "Barselona"ning apellyasiyasini rad etib, klub Nike bilan 2028 yilgacha shartnomaning barcha shartlarini bajarishi shartligini ta’kidlagan.