Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Rasman! "Manchester Siti" futbolchisi La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi

Rasman! "Manchester Siti" futbolchisi La Liga klubiga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning chap qanot himoyachisi Serxio Gomes "Real Sosyedad"ga o‘tdi. Tomonlar 2029/30 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladilar, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

OAV xabariga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi "Real Sosyedad"ga bonuslar bilan birga 10 million yevroga tushgan. Agar futbolchi qayta sotilsa, "Manchester Siti" yana 30 foiz olishi mumkin.

Gomes "Barselona" tarbiyalanuvchisi va 2018 yil boshida "Borussiya Dortmund" bilan shartnoma imzoladi. 2019 yildan 2021 yilgacha u "Ueska"da ijara asosida o‘ynagan. 2021 yilning yozida Gomes "Anderlext"ga sotildi va bir yildan so‘ng "Manchester Siti"ga o‘tdi.

O‘tgan mavsumda Gomes "Manchester Siti" tarkibida 15 ta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 19:06, 12.07.2024.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик