Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Feliksdan kutishni so‘radi

"Barselona" Feliksdan kutishni so‘radi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksni sotib olish g‘oyasidan voz kechmadi. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni Kataloniya klubida ijara asosida o‘tkazdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli futbolchi doimiy ravishda "Barselona"ga o‘tishni xohlaydi, ammo kelishuvga erishish oson bo‘lmaydi. Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” Feliksga uni qaytarish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishlarini aytgan, ammo undan sabrli bo‘lishini so‘ragan.

Joau Feliksning transferi taqdiri, shuningdek, "Barselona"ning ustuvor maqsadi bo‘lgan "Atletik"dan Niko Uilyamsning ehtimoliy transferiga bog‘liq.

Kiritildi: 07:01, 13.07.2024.
O'qildi: 2104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.