Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Pelening Instagram sahifasida Yamal e’tirof etildi (foto)

Pelening Instagram sahifasida Yamal e’tirof etildi (foto)

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi a’zosi Lamin Yamal yirik turnirlarda eng yosh holatda maydonga tushish bo‘yicha Pelening rekordini yangilagan edi. Braziliyalik afsonaviy sobiq futbolchining Instagram sahifasida Yamal e’tirof etildi.

"Ushbu haftada biz Pelening muhim rekordini Lamin Yamal ismli yigit yangilaganiga guvoh bo‘ldik. Yosh futbolchi yirik milliy turnirning yarim finalida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Pele 17 yoshu 244 kunligida 1958 yilgi jahon chempionatida Fransiyaga qarshi o‘ynagan. Xuddi shu raqibga qarshi o‘yinni ispaniyalik futbolchi 16 yoshu 362 kunligida boshladi.

Pele jamg‘armasi Lamin Yamalni faoliyatidagi ushbu muhim bosqich bilan tabriklaydi va bu uzoq va g‘alabali yo‘lda birinchi qadam bo‘lishini tilaydi", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:31, 13.07.2024.
O'qildi: 1384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик