"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte kelasi mavsumdan oldingi umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
Neapolliklar 2022/23 yilgi mavsumda 33 yil ichida birinchi marta A Seriyada g‘olib chiqishdi, biroq bir yildan so‘ng bor-yo‘g‘i o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Shunga qaramay, "adzurrilar" Konte kelganidan keyin skudetto uchun uchta asosiy da’vogarlardan biriga aylanadi.
O‘tgan mavsumda "Inter" bilan 41 ochko, Chempionlar ligasi zonasidan 15 ochko farq bor edi. Bu shunchaki faktlar xolos.
Bu yozda "Inter"ni kuchaytirgan Piotr Zelinskini ham yo‘qotdik. Transfer davri biz uchun qanday kechishini bilmaymiz. Agar men bukmeyker bo‘lganimda, bashoratim boshqacha bo‘lardi, lekin men qiyinchilikka tayyorman.
Agar ular bizga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa, bu muammo emas. Biz o‘tgan mavsumdagi bema’nilikdan so‘ng vaziyatni tuzatishga e’tibor qaratishimiz kerak", - deya Kontening so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.