Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Iker Kasilyas: "Mbappening kelishi La Ligaga foyda keltiradi"

Baho:
+ | -

Iker Kasilyas «Netflix»ning joriy mavsum davomida suratga olingan La Liga haqidagi hujjatli serialning qahramonlaridan biriga aylandi.

Iker 15 iyuldan e’tiboran namoyish etiladigan loyiha taqdimotida ishtirok etdi. Marosimdan keyin u futbolchilarning matbuot bilan bo‘lgan qiyin munosabatlari, «qirollik klubi» hamda Ispaniya futbolining ajoyib davrini tahlil qildi.

- Agar «Madrid»da Galaktikos haqida hujjatli film suratga olinganda, biz nimani bilishimiz mumkin?

- Netflix tomonidan suratga olingan La Liga haqidagi film menga kerakdek tuyuldi. Bu jamoalarning ko‘pchilik hali ko‘rmagan sahna ortidagi voqe’liklarni ko‘rsatadi. Bolaligimda jamoaning kiyinish xonasi yoki safarlarida nima bo‘layotganini bilmasdim. Galaktikosga kelsak, 20 yil oldin siz bugungi «Madrid»dagi kabi yulduzlar bilan to‘la kiyinish xonasini ko‘rasiz, ular aql bovar qilmaydigan o‘yinchilar. U yer har doim hazillar, tortishuvlar, suhbatlarga to‘la... Galaktikos davrida siz Keyrush yoki Kamachoning Ronaldo, Bekxem, Figu va Zidanga ko‘rsatmalar berishini ko‘rasiz.

- O‘sha kunlar va bugungi futbolni taqqoslasak, o‘zgarishlar kuchlimi?

- Hammasi rivojlanmoqda. Agar siz 20 yil oldingi futbolga boqsangiz, har bir mamlakatda buyuk jamoalari bo‘lgan klublarni ko‘rasiz: «Yuventus», «Roma», «Inter», «MYU», «Liverpul», «Arsenal»... va hozir ham Chempionlar Ligasining so‘nggi bosqichida aynan shularni ko‘ryapmiz. Katta turnirlarda kutilmagan hodisalar kam uchraydi. Ilgari ko‘proq xilma-xillik bor edi, har yili yangi chempionni ko‘rardik. Ammo o‘sha paytda ham, hozir ham «Real Madrid» muntazam finalda bo‘lgan: 1998, 2000, 2002 yillarda... lekin o‘shanda qiyin edi, jamoalarning tarkibi ancha kuchli edi. Hozir biz Ispaniyada unchalik yaxshi bo‘lmagan, raqobat darajasi pasayib borayotgan «Barselona» kabi jamoa­ni ko‘rmoqdamiz. Endi raqiblar o‘z darajalarini ko‘tarib, «Real»ga qarshi chiqishlarini kutishimiz kerak.

- Mbappe kelgach, hozirgi «Real» Galaktikos bilan taqqoslanmoqda. Garchi ular Chempionlar Ligasida g‘olib chiqolmagan bo‘lsalar ham...

- Bu boshqa davr, odamlar undan o‘rganadilar. Bugungi «Madrid»da ajoyib tarkib bor, klub to‘g‘ri qarorlar qabul qilmoqda. Biz har yili «Real»ning tobora kuchayib borayotganini ko‘ryapmiz. Va endi Mbappe... har qanday jamoa uni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlaydi. Ammo bugungi «Real»ni 20 yil oldingisi bilan taqqoslash mumkin deb o‘ylamayman, u paytlari hamma narsa bosh­qacha edi, kiyinish xonasidagi asmosfera boshqacha edi.

- La Liga hozir qanday holatda?

- Yomon emas. Men Xavyer Tebasga 20 yil oldin bunday o‘ynash mumkin bo‘lmaganidan afsusda ekanligimni aytdim. Atrofdagi hamma narsa bosh­qacha edi. Hozir stadionlar doimiy nazoratda, hamma muntazam ravishda maosh oladi... bu xotirjamlik hissini beradi. Mbappening kelishi La Ligaga foyda keltiradi. Har qanday futbolchi «Madrid»da eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ralgan holda mashq qilishni xohlaydi. «Barselona» bunday qiyin davrni boshdan kechirayotganidan afsusdaman. Men uning «Real» bilan raqobatini ko‘rishni istardim. Chempionatga shu tarzda, yanada kuchli o‘yinchilar qo‘shilishni xohlashadi.

- Sizningcha, yangi hujjatli film formatlari tomoshabinga nimani taklif qiladi?

- Tuyg‘ularni! Avvalo, tomoshabin futbolchilarning eng muhim o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘rishlari va yaqinlashishlarini, ularning boshlarida nima bo‘layotganini, qanday munosabatda bo‘lishlarini, nimadan qo‘rqishlarini bilib olishadi... Tomoshabin keskinlikni ko‘radi.

- La Liga chempioni juda erta ma’lum bo‘ldi. Mbappe kelishi bilan «Real» va boshqa jamoalar o‘rtasidagi farq yanada oshishi mumkinmi?

- «Real Madrid» bu yil raqiblarini yaqqol ortda qoldirdi. «Jirona» deyarli har doim yevrokuboklar shohsupalarida yurgan boshqa jamoalarni hayratda qoldirib, jang qilishga va chetda qoldirishga majbur etdi. «Madrid» bu mavsumda har jihatdan juda yaxshi edi: hujumda, himoyada, jamoaviy o‘yinda. Faqatgina sanoqli jamoalar ularning hayotini qiyinlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Albatta, Mbappe paydo bo‘lishi kompozisiyani faqat kuchaytiradi, ko‘proq energiya beradi va samaradorlikni oshiradi. Keling, qolgan jamoalar qanday o‘ynashini va ular buni qanday hal qilishlarini, qanday qarshi turishini ko‘rib chiqaylik. «Real» mustahkamlandi, ammo qolgan jamoalar oldinga sifatli qadam tashlashlari va uning vazifasini murakkablashtirishlari kerak.

- Nima bo‘ldiki, jurnalistlar va muxlislarning futbolchilarga yaqinlashishlari qiyinlashtirildi?

- Men o‘zgarish bosqichidan o‘tdim. Biz hammamiz xato qildik: matbuot ham, o‘yinchilar ham. Hamma bunday bosimni yangiliklarni, kiyinish xonasida sodir bo‘layotgan hamma narsani bilish istagi keltirib chiqardi... mashinaga o‘tirib, uyga borish qiyin edi. Ammo o‘zgarishlar yuz berdi. Men hammamiz yaqinroq bo‘lishimizni istardim. Biz o‘ynadik, sayohat qildik, siz esa yozdingiz va tanqid qildingiz. Bir payt oramizdagi masofa juda katta bo‘ldi. Ilgari nafas olishga imkon bermaydigan butun bir guruh bo‘lardi, agar o‘yinchi o‘yindan keyin intervyu bermasa, ular undan xafa bo‘lishgan. Shu tomonlama tartib o‘rnatish kerak edi.

- Nima deb o‘ylaysiz, hujjatli filmni suratga olish uchun aynan shu mavsum mos edimi yoki yaxshiroq variantlar ham bormidi?

- Menga qolsa har yili suratga olardim. Mavsum yakuni haqidagi hujjatli film - ajoyib xotira sifatida. U yerda his-tuyg‘ular ko‘rinadi - Yevropa o‘yinlari, jarohatlar, og‘ir va quvonchli daqiqalar. Bu yil «Madrid» juda kuchli edi, La Ligada katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi, ammo so‘nggi turda hamma narsa hal qilinadigan bosh­qa mavsumlar ham bo‘ladi.

- Federasiya haqida hujjatli film suratga olishni tavsiya qilgan bo‘larmidingiz?

- Albatta. Federasiyadagi ishlar qanday ketayotganini kuzatish va qayta ko‘rib chiqish uchun ham kerak. Men bu haqda gapirishdan qo‘rqmayman. To‘rt yil oldin nomzod bo‘lishga uringanimda, nimanidir o‘zgartirmoqchi edim. Ammo to‘siqlar juda ko‘p edi va men bundan bosh tortdim. Agar odamlar o‘zgarishni xohlamasalar, kurashadigan yagona inson eiasman, har holda. Men 15 yoshimdan 2016 yilgacha terma jamoaning bir qismi bo‘lganman va bunday vaziyatni yoqtirmasligim tabiiy. - Agar «Madrid»da Galaktikos haqida hujjatli film suratga olinganda, biz nimani bilishimiz mumkin?

- Netflix tomonidan suratga olingan La Liga haqidagi film menga kerakdek tuyuldi. Bu jamoalarning ko‘pchilik hali ko‘rmagan sahna ortidagi voqe’liklarni ko‘rsatadi. Bolaligimda jamoaning kiyinish xonasi yoki safarlarida nima bo‘layotganini bilmasdim. Galaktikosga kelsak, 20 yil oldin siz bugungi «Madrid»dagi kabi yulduzlar bilan to‘la kiyinish xonasini ko‘rasiz, ular aql bovar qilmaydigan o‘yinchilar. U yer har doim hazillar, tortishuvlar, suhbatlarga to‘la... Galaktikos davrida siz Keyrush yoki Kamachoning Ronaldo, Bekxem, Figu va Zidanga ko‘rsatmalar berishini ko‘rasiz.

- O‘sha kunlar va bugungi futbolni taqqoslasak, o‘zgarishlar kuchlimi?

- Hammasi rivojlanmoqda. Agar siz 20 yil oldingi futbolga boqsangiz, har bir mamlakatda buyuk jamoalari bo‘lgan klublarni ko‘rasiz: «Yuventus», «Roma», «Inter», «MYU», «Liverpul», «Arsenal»... va hozir ham Chempionlar Ligasining so‘nggi bosqichida aynan shularni ko‘ryapmiz. Katta turnirlarda kutilmagan hodisalar kam uchraydi. Ilgari ko‘proq xilma-xillik bor edi, har yili yangi chempionni ko‘rardik. Ammo o‘sha paytda ham, hozir ham «Real Madrid» muntazam finalda bo‘lgan: 1998, 2000, 2002 yillarda... lekin o‘shanda qiyin edi, jamoalarning tarkibi ancha kuchli edi. Hozir biz Ispaniyada unchalik yaxshi bo‘lmagan, raqobat darajasi pasayib borayotgan «Barselona» kabi jamoa­ni ko‘rmoqdamiz. Endi raqiblar o‘z darajalarini ko‘tarib, «Real»ga qarshi chiqishlarini kutishimiz kerak.

- Mbappe kelgach, hozirgi «Real» Galaktikos bilan taqqoslanmoqda. Garchi ular Chempionlar Ligasida g‘olib chiqolmagan bo‘lsalar ham...

- Bu boshqa davr, odamlar undan o‘rganadilar. Bugungi «Madrid»da ajoyib tarkib bor, klub to‘g‘ri qarorlar qabul qilmoqda. Biz har yili «Real»ning tobora kuchayib borayotganini ko‘ryapmiz. Va endi Mbappe... har qanday jamoa uni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlaydi. Ammo bugungi «Real»ni 20 yil oldingisi bilan taqqoslash mumkin deb o‘ylamayman, u paytlari hamma narsa bosh­qacha edi, kiyinish xonasidagi asmosfera boshqacha edi.

- La Liga hozir qanday holatda?

- Yomon emas. Men Xavyer Tebasga 20 yil oldin bunday o‘ynash mumkin bo‘lmaganidan afsusda ekanligimni aytdim. Atrofdagi hamma narsa bosh­qacha edi. Hozir stadionlar doimiy nazoratda, hamma muntazam ravishda maosh oladi... bu xotirjamlik hissini beradi. Mbappening kelishi La Ligaga foyda keltiradi. Har qanday futbolchi «Madrid»da eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ralgan holda mashq qilishni xohlaydi. «Barselona» bunday qiyin davrni boshdan kechirayotganidan afsusdaman. Men uning «Real» bilan raqobatini ko‘rishni istardim. Chempionatga shu tarzda, yanada kuchli o‘yinchilar qo‘shilishni xohlashadi.

- Sizningcha, yangi hujjatli film formatlari tomoshabinga nimani taklif qiladi?

- Tuyg‘ularni! Avvalo, tomoshabin futbolchilarning eng muhim o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘rishlari va yaqinlashishlarini, ularning boshlarida nima bo‘layotganini, qanday munosabatda bo‘lishlarini, nimadan qo‘rqishlarini bilib olishadi... Tomoshabin keskinlikni ko‘radi.

- La Liga chempioni juda erta ma’lum bo‘ldi. Mbappe kelishi bilan «Real» va boshqa jamoalar o‘rtasidagi farq yanada oshishi mumkinmi?

- «Real Madrid» bu yil raqiblarini yaqqol ortda qoldirdi. «Jirona» deyarli har doim yevrokuboklar shohsupalarida yurgan boshqa jamoalarni hayratda qoldirib, jang qilishga va chetda qoldirishga majbur etdi. «Madrid» bu mavsumda har jihatdan juda yaxshi edi: hujumda, himoyada, jamoaviy o‘yinda. Faqatgina sanoqli jamoalar ularning hayotini qiyinlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Albatta, Mbappe paydo bo‘lishi kompozisiyani faqat kuchaytiradi, ko‘proq energiya beradi va samaradorlikni oshiradi. Keling, qolgan jamoalar qanday o‘ynashini va ular buni qanday hal qilishlarini, qanday qarshi turishini ko‘rib chiqaylik. «Real» mustahkamlandi, ammo qolgan jamoalar oldinga sifatli qadam tashlashlari va uning vazifasini murakkablashtirishlari kerak.

- Nima bo‘ldiki, jurnalistlar va muxlislarning futbolchilarga yaqinlashishlari qiyinlashtirildi?

- Men o‘zgarish bosqichidan o‘tdim. Biz hammamiz xato qildik: matbuot ham, o‘yinchilar ham. Hamma bunday bosimni yangiliklarni, kiyinish xonasida sodir bo‘layotgan hamma narsani bilish istagi keltirib chiqardi... mashinaga o‘tirib, uyga borish qiyin edi. Ammo o‘zgarishlar yuz berdi. Men hammamiz yaqinroq bo‘lishimizni istardim. Biz o‘ynadik, sayohat qildik, siz esa yozdingiz va tanqid qildingiz. Bir payt oramizdagi masofa juda katta bo‘ldi. Ilgari nafas olishga imkon bermaydigan butun bir guruh bo‘lardi, agar o‘yinchi o‘yindan keyin intervyu bermasa, ular undan xafa bo‘lishgan. Shu tomonlama tartib o‘rnatish kerak edi.

- Nima deb o‘ylaysiz, hujjatli filmni suratga olish uchun aynan shu mavsum mos edimi yoki yaxshiroq variantlar ham bormidi?

- Menga qolsa har yili suratga olardim. Mavsum yakuni haqidagi hujjatli film - ajoyib xotira sifatida. U yerda his-tuyg‘ular ko‘rinadi - Yevropa o‘yinlari, jarohatlar, og‘ir va quvonchli daqiqalar. Bu yil «Madrid» juda kuchli edi, La Ligada katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi, ammo so‘nggi turda hamma narsa hal qilinadigan bosh­qa mavsumlar ham bo‘ladi.

- Federasiya haqida hujjatli film suratga olishni tavsiya qilgan bo‘larmidingiz?

- Albatta. Federasiyadagi ishlar qanday ketayotganini kuzatish va qayta ko‘rib chiqish uchun ham kerak. Men bu haqda gapirishdan qo‘rqmayman. To‘rt yil oldin nomzod bo‘lishga uringanimda, nimanidir o‘zgartirmoqchi edim. Ammo to‘siqlar juda ko‘p edi va men bundan bosh tortdim. Agar odamlar o‘zgarishni xohlamasalar, kurashadigan yagona inson eiasman, har holda. Men 15 yoshimdan 2016 yilgacha terma jamoaning bir qismi bo‘lganman va bunday vaziyatni yoqtirmasligim tabiiy.

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:22, 14.07.2024.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.