“Real” va “Liverpul” klublarida ishlagan mashhur ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites faoliyatini AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Benites bu ishga qiziqmoqda. Hozirda 64 yoshli murabbiy ishsiz. Uning so‘nggi klubi Ispaniyaning "Selta"si edi.
11 iyul kuni AQSH terma jamoasini boshqargan Gregg Berxalter iste’foga chiqqani ma’lum qilingandi. Jamoa 2024 yilgi Amerika kubogida guruhdan chiqa olmadi.