Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Parij-2024 oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida nimalarga urg‘u berildi?

Parij-2024 oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida nimalarga urg‘u berildi?

Baho:
+ | -

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining rasman start olishiga roppa-rosa 10 kun qoldi.

Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegasiyasining mazkur Olimpiadadagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Ravshan Irmatov, Saken Polatov, Azizjon Kamilov va Sherzod Tashmatov, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Vazir anjumanni ochib berar ekan, 3-yil davom etgan siklda Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan terma jamoalarimizning tayyorgarligi uchun barcha sharoitlar munosib tarzda yaratib berilgani, bunga javoban o‘zbek sporti tarixida ilk bor 19 sport turida 90 nafar atlet bilan 75 ta yo‘llanma qo‘lga kiritilganini, qolaversa, delegasiyamiz futbol, ayollar kurashi, suvga sakrash va kamondan otish dasturlarida debyut qilishini bildirdi.

MOQ Bosh kotibi sport federasiya va assosiasiyalari bilan hamkorlikda ulkan ish olib borilgani, buning natijasida tayyorgarlik sikli yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlangani haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Oybek Omilovich Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va O‘yinlarning tashkiliy qo‘mitasi bilan muntazam ravishda aloqa yo‘lga yo‘lga qo‘yilgani, delegasiya a’zolari, sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini qo‘shimcha qildi.

O‘z navbatida, Ravshan Irmatov futbolchilarimizning tayyorgarligi, rejalar xususida batafsil gapirib o‘tdi. Shuningdek, Saken Polatov boks, Azizjon Kamilov dzyudo misolida sportchilarimizning tayyorgarligi yakuniy pallaga kirgani, barcha jamoalarimizdan yuqori natijalar kutilayotgani xususida gapirib o‘tishdi.

Anjuman davomida jurnalistlar delegasiya oldiga qo‘yilgan vazifa, sportchilarimizning bugungi kundagi holati, bo‘lajak bahslarda faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik hakamlar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Bugun Ishchi guruhining dastlabki qismi Fransiyaga poytaxtiga yo‘l oldi. Asosiy delegasiya 23-iyul sanasida Parijga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:42, 16.07.2024.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик