Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

OFK prezidenti Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoalarga tabrik yo‘lladi

OFK prezidenti Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoalarga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoalar va musobaqa rasmiylariga tabrik yo‘lladi.

«Osiyo terma jamoalari dunyoning eng katta maydonlarida tarix yaratishda davom etishadi va ishonchim komilki, bizning ayollar va erkaklar terma jamoalarimiz hamda musobaqada ishtirok etuvchi barcha rasmiylarimiz bizning faxrli merosimizni xalqaro maydonda davom ettiradilar. Osiyo futbol oilasi men bilan birga. Futbolchilar va barcha uchrashuv rasmiylari buyuk qit’amiz bo‘ylab kelajak avlodlarni ilhomlantiradigan soniyalarni o‘tkazishlariga ishonaman», dedi Shayx Salmon.

Parij-2024 o‘yinlarining ochilish uchrashuvida «C» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs «Park de Prens» stadionida o‘tkaziladi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz, shuningdek, 27 iyul kuni Misr va 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi bilan «hisob-kitob» qiladi.

Osiyo kubogida g‘olib bo‘lgan Yaponiya «D» guruhidan, qit’a turnirida 3-o‘rinni egallagan Iroq esa «A» guruhidan o‘rin olgan.

Ayollar futboli bahslarida esa Osiyo qit’asi vakili Yaponiya «A» guruhida, Avstraliya esa «B» guruhida bahs olib boradi.

Shu bilan birga, Yoshimi Yamashita (Yaponiya), Kim YU-CHjon (Koreya Respublikasi), Adel Alnaqbi (BAA) hamda Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston), ayollar futboli bahslarida esa Keyt Yatsevich (Avstraliya), Sivakorn Pu-Udom (Tailand), Xamis Al Marri (Qatar), Veronika Bernatskaya (Qirg‘iz Respublikasi) boshchiligidagi hakamlar brigadasi uchrashuvlarni boshqarib boradi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:56, 19.07.2024.
O'qildi: 1633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.