Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

«MYU» joriy yozda bu transfer maqsadiga yeta olmaydi

«MYU» joriy yozda bu transfer maqsadiga yeta olmaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida himoyasini jiddiy ravishda kuchaytirmoqchi. «Qizil iblislar» allaqachon Leni Yoroni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi, ammo klub shu bilan to‘xtatmoqchi emas. Mankunianliklar uzoq vaqtdan buyon «Everton»dan himoyachi Jerred Brentueytning transferi ustida ishlamoqda. Biroq, aftidan, kelishuv amalga oshmaydi.

Jurnalist Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, «Everton» «Manchester Yunayted»ga klub Brentueytni bu yozda sotish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Kerakli 70 million funt to‘langan taqdirdagina «irislar» transferni qabul qilishlari mumkin, ammo «qizil iblislar» narxni pasaytirishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 19:06, 20.07.2024.
O'qildi: 3325 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик