Aleksandr Mayer «Borussiya» bilan shartnomasini uzaytirdi.
Dortmund klubi 33 yoshli darvozabon bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. U 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Mayer «Borussiya»ga 2022 yilda kelib qo‘shilgan edi. 2023/24 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda 10 ta gol o‘tkazib yuborgan.