Xvicha Kvarasxeliya «Napoli»da boshqa raqamda harakat qilmoqchi.
"Corriere Dello Sport" xabariga ko‘ra, yangi mavsumda vinger yarim himoyachi Elif Elmaz «Leypsig»ga ketganidan keyin bo‘sh qolgan 7-raqam ostida o‘ynaydi. Gruziyalik futbolchining kumiri Krishtianu Ronaldu shu raqamda harakat qilishi sabab Xvicha shuni tanladi.
Ikki mavsum davomida Kvarasxeliya «Napoli»da 77-raqamda o‘ynadi.