Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Simonning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Simonning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning “Atletik” klubi darvozaboni Unai Simon jarohati tufayli kamida to‘rt oyni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19-iyul, juma kuni futbolchi jarrohlik amaliyotidan so‘ng shifoxonadan chiqarilgan.

Xabar qilinishicha, agar odatdagidek tiklansa, darvozabon to‘rt oyni o‘tkazib yuboradi, shuningdek, La Liganing bo‘lajak mavsumida 14 ta o‘yinda va Yevropa Ligasining 4 o‘yinida ishtirok etmaydi.

Eng yomon ssenariyda, Simon Yevropada Rojdestvo ta’tillari oxirigacha qaytmaydi: u deyarli butun birinchi davra va Yevropa Ligasi guruh bosqichining barcha o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Kiritildi: 10:58, 21.07.2024.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик