Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Markes bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi

"Barselona" Markes bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -1

"Barselona" o‘zining rasmiy sayti orqali Rafa Markesning yoshlar jamoasi bosh murabbiyligidan ketganini e’lon qildi.

45 yoshli mutaxassis o‘z faoliyatida yangi professional vazifani bajarishga qaror qilgani uchun tomonlar hamkorlikni tugatishga kelishib oldilar. "Barselona" rahbariyati o‘z press-relizida Rafa Markesga yoshlar jamoasi boshqaruvidagi ikki yillik faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi. Kataloniyaliklar yosh murabbiyga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Avvalroq matbuotda Markesning Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Eslatib o‘tamiz, Rafa Markes futbolchi sifatida 2003-2010 yillarda "Barselona"da o‘ynagan.

Kiritildi: 22:02, 21.07.2024.
O'qildi: 1793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик