Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Lukakuning "Napoli"ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin

Lukakuning "Napoli"ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukakuning "Napoli"ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, London klubi o‘z futbolchisi uchun 45 million yevro olish niyatida, ammo "Napoli" buncha pul to‘lashga tayyor emas. Italiya klubi Lukaku uchun 25 million yevro to‘lashga tayyor.

Avvalroq Lukakuning o‘zi ham "Napoli" futbolchisi bo‘lishni va yana Antonio Konte bilan ishlashni xohlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Lukakuning "Chelsi" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt hujumchining bozor narxini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:29, 21.07.2024.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик