Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Barselona" Olmoga olti yillik shartnoma taklif qildi

"Barselona" Olmoga olti yillik shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Leypsig" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Dani Olmoga transfer taklifini yubordi, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri. Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, olti yillik shartnoma taklif qilgan.

Olmo 2020 yildan buyon "Leypsig"da o‘ynab kelmoqda va jamoa bilan ikki marta Germaniya kubogi va bir marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda Olmo "Leypsig" tarkibida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. 2007-2014 yillarda Olmo "Barselona" akademiyasida tahsil oldi, so‘ngra Zagrebning "Dinamo" klubiga o‘tdi va u yerda 2015-2020 yillarda o‘ynab, besh karra Xorvatiya chempioni bo‘ldi va uch marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

Olmo Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda 14 iyundan 14 iyulgacha Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempioniga aylandi. Turnirda Olmo uchta gol urdi va turnirning eng yaxshi oltita to‘purari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Olmo Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2023 yilda Millatlar ligasida g‘olib chiqdi. 26 yoshli futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 09:23, 23.07.2024.
O'qildi: 4404 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.