Ispaniya terma jamoasi va "Atletik Bilbao" klubi vingeri Niko Uilyams onasini Yevro-2024 chempioni medali bilan taqdirladi.
"Men tez yuguraman, lekin onamchalik emas. U bir o‘limdan qolib Saxarani kesib o‘tgan va Ganadan Ispaniyaga yo‘l olgan. Men unga medalimni berdim, chunki u bunga ko‘proq loyiq", – dedi "Atletik" hujumchisi.