"Barselona" yarim himoyachisi Gavi xoch bog‘lamlaridan olgan jiddiy jarohatidan so‘ng to‘p bilan ishlashni boshladi, deya xabar berdi Sport.
Qayd etilishicha, u jamoa bilan AQSHga yo‘l olishi va mashg‘ulotlarni u yerda davom ettirishi mumkin.
O‘yinchi kiyinish xonasida, ayniqsa yosh o‘yinchilar orasida katta ta’sirga ega va Flik uning safarga qo‘shilishdan xursand bo‘ladi.