Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Hakimi: "Bunday xatti-harakatlarga futbolda o‘rin yo‘q"

Hakimi: "Bunday xatti-harakatlarga futbolda o‘rin yo‘q"

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi sardori Ashraf Hakimi Argentina terma jamoasiga qarshi Olimpiada turniri to‘xtash vaqtida maydonga yugurib chiqib, begona narsalarni uloqtirgan muxlislarning xatti-harakatlarini qoraladi.

Marokashlik muxlislar tomonidan yuzaga kelgan tartibsizliklar tufayli hakam Sent-Etendagi stadiondagi o‘yinni to‘xtatdi. Natijada o‘yin ikki soatdan so‘ng tribunada tomoshabinlarsiz yakunlandi. Shu bilan birga, o‘yin qayta boshlanishidan oldin hakam argentinaliklarning golini ofsayd tufayli bekor qildi va bu marokashliklarga 2:1 hisobida g‘alaba qozonish imkonini berdi.

"Olimpiada o‘yinlarini muhim g‘alaba bilan boshladik. Ba’zi muxlislarning o‘yin davomida sodiq muxlislarimiz obro‘siga dog‘ tushirgan xatti-harakatlaridan afsusdaman. Bunday xatti-harakatlarga futbolda o‘rin yo‘q", — deb yozdi Hakimi ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 09:10, 25.07.2024.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик