Bir paytlar Milanning “Inter” klubida to‘p tepgan sobiq italiyalik to‘purar Kristian Vyeri (ammo u deyarli barcha yetakchi Italiya klublarida o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan) klubning sobiq prezidenti Massimo Moratti bilan o‘n yil davomida muloqot qilmagani haqida gapirdi.
"O‘n yildan beri Moratti bilan hech qanday munosabatimiz yo‘q. Ammo kimdir birinchi qadamni qo‘yishi kerak edi va men buni qildim.
Men uning kabinetiga keldim va biz yarim soatcha gaplashdik. Darhaqiqat, biz har doim bir-birimizga hamdardlik bilan munosabatda bo‘lganmiz.
Keyin gaplashib bo‘lgach, biz quchoqlashib, barcha noroziliklarni unutib qo‘ydik", — deya Kristian Vyerining so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.