Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi

Baho:
+ | -

AQSH va Fransiya shaharlari 2030 va 2034 yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Solt-Leyk-Siti shahri 2034 yilda qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bu qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.

Yuta shtati markazi 32 yildan so‘ng ikkinchi marta qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Solt-Leyk Siti bu o‘yinlarni qabul qilishga yagona da’vogar edi.

Solt-Leyk-Siti XOQ sessiyasida 83 ta ovoz oldi, 6 nafar delegat qarshi ovoz berdi.

Bu shahar 2002 yilda ham qishki o‘yinlarga mezbonlik qilgan. AQSH terma jamoasi Olimpiadada qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha ikkinchi (34) va medallar reytingida Norvegiya va Germaniyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Shu bilan birga, 2030 yilgi qishki Olimpiadani Fransiyaning Alp tog‘laridagi bir necha shaharlar qabul qiladi.

Qayd qilinishicha, Fransiya hali moliyaviy kafolatlarni bermagan.

XOQ sessiyasida, agar mezbon tomon Butunjahon antidoping agentligining (WADA) dopingga qarshi kurashdagi ustuvorligini tan olmasa, o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma bekor qilinishi mumkinligi e’lon qilindi.

Navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:34, 26.07.2024.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик