Ispaniyalik markaziy yarim himoyachi Serxi Roberto «Barselona»ni tark etadi, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano.
Qayd etilishicha, 32 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida davom etmaslikka qaror qildi.
Roberto oldida La Ligadan bir nechta takliflar bor, ammo futbolchi Premyer-ligaga o‘tmoqchi.