«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag «Arsenal»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgan Leni Yoro haqida gapirdi.
«Biz 24 soatdan ko‘proq kutishimiz kerak, keyin esa ko‘proq ma’lumot olishga imkonimiz bo‘ladi. Biz mashg‘ulotlarda u bilan ehtiyotkor edik. Umid qilamizki, ijobiy xabar olamiz», - dedi niderlandiyalik mutaxassis.