Italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo Xorvatiyaning "Xayduk" klubiga murabbiy bo‘ldi va hozircha Jennaro ishlar qanday ketayotganidan ancha mamnun.
Uning klubi Chempionlar ligasi saralashining 2-bosqichi birinchi o‘yinida "Torsxavn"ni mag‘lub etdi va bu Jennaroni juda xursand qildi.
"Ko‘p ijobiy narsalarni ko‘rdim. Menga jamoaning pressingi, shuningdek, futbolchilarning emosional holati yoqdi.
Qolaversa, menga jismoniy holat yoqardi. Biz kundan kunga o‘sib bormoqdamiz", - dedi Gattuzo.