Xiroki Ito "Bavariya" bilan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.
Myunxen klubiga shu yozda "Shtutgart"dan kelib qo‘shilgan himoyachi "Dyuren" bilan o‘yinning (1:1) 21-daqiqasida jarohat olgandi. Uning o‘rniga 18 yoshli Adam Aznu maydonga tushdi.
"Uning suyaklari singan bo‘lishi mumkin. Bu uning uzoq muddatga safdan chiqishini anglatadi", - dedi "Bavariya" sport direktori Maks Eberl.