Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Keldiyorova: "Chet ellik sportchilar ham bizga yaratilgan sharoitlarga havas qiladi"

Keldiyorova: "Chet ellik sportchilar ham bizga yaratilgan sharoitlarga havas qiladi"

Baho:
+ | -
O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova (52 kg) Parij Olimpiadasi g‘olibiga aylanganidan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu musobaqaga uzoq muddat tayyorlandik. Har bir raqibim kuchli bo‘lishini bilgan edim. Kuchlilarni yutmagunimcha, kuchli bo‘la olmasligimni yaxshi tushunib turgan edim. Albatta, ortimda butun O‘zbek xalqi, o‘zbekistonlik ayol dzyudochilar turganini his qildim.

Fursatdan foydalanib, muhtaram Prezidentimizga O‘zbekistonda ayollar sportiga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman.

Chet ellik sportchilar ham bizga yaratilgan sharoitlarga havas qiladi. O‘ylayman-ki, mana shunday e’tibor bugungi Olimpiada g‘olibligining mevasi bo‘ldi", deya Parij-2024 rasmiy matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi Keldiyorova.

Kiritildi: 23:59, 28.07.2024.
O'qildi: 1555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик