Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyeza turk klubi taklifini rad etdi

Kyeza turk klubi taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" vingeri Federiko Kyeza kelajagi haqida o‘ylashda davom etmoqda.

Turinliklar kelasi yil o‘rtalarida shartnomasi nihoyasiga yetadigan 26 yoshli futbolchini sotishga tayyor. Italiyalik futbolchiga A Seriyadan ham, xorijdan ham ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Mirko di Natalening yozishicha, Kyeza yaqinda Turkiyaning “Beshiktosh” klubidan taklif olgan, biroq u faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishga umid qilgani uchun rad javobini bergan.

Londonning “Arsenal” va “Tottenxem” klublari Federiko Kyeza uchun da’vogarlar qatorida. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:27, 29.07.2024.
O'qildi: 603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.