Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Keylor Navas A Seriyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

Keylor Navas A Seriyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Darvozabon Keylor Navas faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Monsa» Navas uchun muzokaralar olib bormoqda. A Seriya klubi 37 yoshli kosta-rikalik futbolchini erkin agent sifatida sotib olishi mumkin.

Keylor Navas futbol olamida asosan «Real Madrid» va «PSJ»dagi o‘yinlari bilan tanilgan. Joriy yilning yozida kosta-rikalik futbolchi Parijdagi shartnomasi tugagach, erkin agentga aylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionati so‘nggi mavsumida «Monsa» turnir jadvalida o‘n ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 17:17, 29.07.2024.
O'qildi: 998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик