Xalqaro triatlon ittifoqining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntida Olimpiya o‘yinlarida triatlon bo‘yicha bugun, 31-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqalar to‘liq hajmda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.
"Biz suzib boramiz", dedi Jahon Triatlon matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq, Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida Sena daryosidagi suv sifati yomonligi sababli triatlonchilar uchun rejalashtirilgan ikkita mashg‘ulot o‘tkazilmagan va erkaklar o‘rtasida 30-iyul, seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan medalli bahslar chorshanba kuniga ko‘chirilgan edi.
Shunday qilib, bugun, 31 iyul kuni triatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqalar ham o‘tkazilishi kerak.