Kataloniyaning «Barselona» klubi urugvaylik markaziy himoyachisi Ronald Arauxoni mavsumning dastlabki qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi emas.
Xabarlarga ko‘ra, klub uni jarohati sabab yanvargacha ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Shunda "ko‘k-anorranglilar" Arauxoning maoshning 80 foizini boshqa o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishga sarflashi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Arauxo tizzasidan olgan jarohati sabab kamida 4 oyga safdan chiqqandi.