Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumchi Patrik Shikni sotishga tayyor. Sport Bild xabariga ko‘ra, Chexiya terma jamoasi hujumchisi "dorichilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso ko‘rayotgan o‘yin sxemasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shu bois, Shik ketsa, "Bayer" jamoaga ko‘proq mos keladigan va jamoaning asosiy hujumchisi Viktor Bonifase o‘rnini to‘ldiradigan yangi forvardni sotib oladi.
Eslatib o‘tamiz, Shikning "Bayoyer" bilan uzoq muddatli shartnomasi 2027 yilning yoz o‘rtalariga qadar tuzilgan.