Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yoshlar o‘rtasidagi yetakchilikni Hindiston vakiliga bo‘shatib berdi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov yoshlar o‘rtasidagi yetakchilikni Hindiston vakiliga bo‘shatib berdi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi iyul oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 7-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnidan bir pog‘ona pastladi. Javohir Sindorov avvalgi oydagi 54-o‘rinni saqlab qoldi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (42-o‘rin) ham o‘rin olgan. Avvalgi oyda kuchli 100 likni tark etgan Nodirbek Yakubboyev ushbu oyda 72-o‘rinda qayd etilgan. U avvalgi oydagi reytingda 84-o‘rinda qayd etilgan edi. UzChess Cup turnirida muvaffaqiyatli qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi eng kuchli 100 shaxmatchilar reytingidagi o‘rnini saqlab qoldi. 2643 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 93-o‘rinda qayd etilgan. O‘tgan oygi reytingda sportchi 95-o‘rinda edi.

Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinni hindistonlik Gukeshga bo‘shatib berdi. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov 5-o‘rinni egallab turibdi.

Toshkentda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Rustam Qosimjonov kubogida O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Vengriya poytaxti Budapesht shahri Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. 45-marotaba tashkil etilayotgan Olimpiadada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etadi. Ular orasida amaldagi Olimpiada chempioni O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.

Tarkibda dunyoning eng kuchli 100 shaxmatchisi ro‘yxatidan o‘rin olgan 4 shaxmatchi hamda Jahongir Vohidov qatnashadi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Nodirbek Abdusattorov (2769);
Javohir Sindorov (2674);
Nodirbek Yakubboyev (2648);
Shamsiddin Vohidov (2643);
Jahongir Vohidov (2571)

Musobaqalar 10—23 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 12:06, 01.08.2024.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.