Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Parij-2024. Yana bir homilador ayol Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

Parij-2024. Yana bir homilador ayol Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

Baho:
+ | -1

Fransiya poytaxti Parijda bo‘lib o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ozarbayjonlik kamonchi Yaylagul Ramazonova homilador holatda mamlakat sharafini himoya qildi.

Uning homiladorlikning yettinchi oyida musobaqada ishtirok etishi ijtimoiy tarmoqlar va OAV larida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

O‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Ramazonova musobaqa davomida yaqinlashib kelayotgan onalikka unga kuch berganini ta’kidladi.

“Maqsad keyingi bosqichga o‘tib, g‘alaba qozonish edi. Asosiy maqsadim davlat bayrog‘imizni baland ko‘tarib, yurtimga medal olib berish edi. Lekin bu yerdagi raqiblar saralangan sportchilar. Olimpiadada kuchsiz raqiblar yo‘q. Mening birinchi raqibim xitoylik sportchi edi, men 1/16 finalga chiqdim.

Men tribunalarda muxlislarning mehrini qozondim, bu ajoyib bo‘ldi, mendan tashqari yana bir Misrlik ishtirokchi homilador ekanligini bildim.

Farzandim qachondir Olimpiadada qatnashadimi? Bu kelajakda ko‘rinadi. Oilamizda ham sportchilar, ham san’atkorlar bor. Uning o‘zi tanlaydi. Asosiysi, o‘z vatanini sevadigan munosib insonni tarbiyalash”, deya qo‘shimcha qildi Ramazonova.

Ma’lumot uchun, Yaylagul Ramazonova germaniyalik raqibiga 6:2 hisobida mag‘lub bo‘lib turnirni tark etdi.

Kiritildi: 12:09, 01.08.2024.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.