Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Diyora Keldiyorovaning kimonosi XOQ muzeyidan joy oldi

Diyora Keldiyorovaning kimonosi XOQ muzeyidan joy oldi

Baho:
+ | -

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, dzyudochimiz Diyora Keldiyorova musobaqada kurashgan kimonosini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining muzeyiga sovg‘a qildi. O‘yinlarning Asosiy matbuot markazida ushbu tadbirga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro dzyudo federasiyasi mutasaddilari qatnashishdi.

Keldiyorova yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbek ayol sportchisiga aylandi. Rasmiylar mazkur natija ortida davlatimiz va Prezidentimizning sohaga qaratayotgan ulkan e’tibori turgani, xotin-qizlar sportining rivoji yangi bosqichga chiqayotgani xususida to‘xtalishdi. O‘z navbatida, Diyora ham tarixiy chempionlikka erishganidan mamnunligi, kimonisi XOQ muzeyidan joy olayotgani u uchun sharaf ekanini qo‘shimcha qildi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar ham Keldiyorovaga o‘ziga xos sovg‘a tayyorlashdi. Diyoraning dzyudo olamidagi kumiri, ikki karra Olimpiada chempioni, fransiyalik Klariss Agbenenu hamyurtimizni tarixiy g‘alaba bilan qutlab, unga o‘zining iliq tilaklarini yo‘lladi.

Kiritildi: 18:08, 01.08.2024.
O'qildi: 3011 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик