Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari (Superliga)

Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari (Superliga)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

"Nasaf" - "Navbahor"

Superliganing 5-turi doirasidagi “Nasaf” va “Navbahor” uchrashuvining 15-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Akmal Mozgovoy bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Akmal Mozgovoyga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Shuhrat Muhammadiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Muhammadiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “Olimpik”

Superliganing 6-turi doirasidagi “Metallurg” — “Olimpik” uchrashuvining 78-daqiqasida “Metallurg” futbolchisi Iskandar Shaykulov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Iskandar Shaykulovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo” — “Olimpik”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Dinamo” — “Olimpik” uchrashuvining 72-daqiqasida “Olimpik” futbolchisi Abdurauf Bo‘riyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdurauf Bo‘riyevga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Andijon”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvining 13-daqiqasida “Andijon” klubi futbolchisi Sardor Azimov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Azimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

88-daqiqada “Andijon” futbol klubi yordamchi murabbiyi Elyor Rahmatullayev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Elyor Rahmatullayevga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida “Andijon” klubi futbolchisi Shaxram Samiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shaxram Samiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Andijon” klubi massajchisi A. Karimov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Karimovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

o‘yinning 90+8-daqiqasida “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov yon hakamga nisbatan qat’iy e’tiroz bildirib, o‘zini tajovuzkor tutgan hamda maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aleksandr Xomyakovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Surxon”

Superliga chempionatining 11-turi doirasidagi “Neftchi” — “Surxon” uchrashuvining 89-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Behzod Shamsiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Behzod Shamsiyevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

o‘yinning 90+3-daqiqasida “Surxon” klubi futbolchisi Nodirxon Neʼmatxonov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirxon Neʼmatxonovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Dinamo”

Superliganing 11-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Dinamo” uchrashuvining 29-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi Farruh Ikromov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Farruh Ikromovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor” — “Qizilqum”

12-turi doirasidagi “Navbahor” — “Qizilqum” uchrashuvining 31-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Fayzullabek Jumanqo‘ziyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Fayzullabek Jumanqo‘ziyevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘yinning 77-daqiqasida “Navbahor” futbol klubi futbolchisi Toma Tabatadze bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Toma Tabatadzega nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

77-daqiqada “Qizilqum” futbolchisi Nikolay Tarasov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nikolay Tarasovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Olimpik”

Superliganing 12-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Olimpik” uchrashuvining 21-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi Mirjahon Miraxmadov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisi oyog‘ini bosib olgan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Mirjahon Miraxmadovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi Frane Chirak to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Frane Chirakka nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

OKMK — “Paxtakor”

Superliganing 12-turi doirasidagi OKMK — “Paxtakor” uchrashuvining 66-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Diyorbek Ortiqboyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyorbek Ortiqboyevga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Surxon” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 12-turi doirasidagi “Surxon” — “Metallurg” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Muxammad Ali Abduraxmonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muxammad Ali Abduraxmonovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

o‘yinning 59-daqiqasida “Metallurg” Daler Sharipov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Daler Sharipovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

72-daqiqada “Metallurg” futbol klubi futbolchisi SH. Ubaydullayev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzodbek Ubaydullayevga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — OKMK

Superliganing 13-turi doirasidagi “Qizilqum” — OKMK uchrashuvining 71-daqiqasida OKMK klubi futbolchisi Oybek Rustamov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Oybek Rustamovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamshid Saidovga nisbatan jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Andijon” — “Navbahor”

Superliganing 13-turi doirasidagi “Andijon” — “Navbahor” uchrashuvining 87-daqiqasida “Andijon” futbolchisi Eldor Adhamov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Eldor Adhamovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Andijon” futbolchisi Ilhomjon Alijonov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ilhomjon Alijonovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Dinamo”

Superliganing 13-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Dinamo” uchrashuvining 87-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbolchisi Zoran Petrovich o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zoran Petrovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Surxon”

Superliganing 13-turi doirasidagi “Olimpik” — “Surxon” uchrashuvining 2-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Nodirxon Ne’matxonov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda bosh qismi bilan raqib o‘yinchisi yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgani hamda maydonni tark etayotgan vaqtda yelim idish (baklajka)ni to‘p uzatuvchi (bollboy) turgan tarafga tepgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirxon Ne’matxonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
38-daqiqada “Surxon” futbol klubi futbolchisi Sunatilloh Hamidjonov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sunatilloh Xamidjonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.
Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Olimpik” futbolchisi Abdurauf Bo‘riyev to‘p uchun kurashish vaqtida qo‘lning tirsagi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdurauf Bo‘riyevga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

Kiritildi: 09:34, 02.08.2024.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.