Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Parij-2024. Qozog‘iston boks bo‘yicha Olimpiada bahslari natijasi ustidan apellyasiya berdi

Parij-2024. Qozog‘iston boks bo‘yicha Olimpiada bahslari natijasi ustidan apellyasiya berdi

Baho:
+ | -

Olimpiada o‘yinlarida 63,5 kg vazn toifasida jang qiluvchi qozog‘istonlik sportchi Muhammedsabir Bazarbayuli gruziyalik bokschi Lashi Guruli bilan jangda mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Parij boks bo‘limiga (PBU) apellyasiya berdi. Ular bahs natijasiga oydinlik kiritishni talab qildi.

“Qozog‘iston MOQ Muhammedsabir Bazarbayulining jangi natijasi bo‘yicha apellyasiya berdi. Biz natijadan rozi emasmiz va XOQni xabardor qilib, PBU'dan tushuntirishni talab qildik. Fikrimizcha, qozog‘istonlik bokschi 2024-yilgi Olimpiada o‘yinlarining yarim finaliga chiqish uchun muhim jangda g‘alaba qozondi.

O‘tgan jang natijasini ko‘rib chiqishning iloji yo‘qligini tushunamiz. Ammo biz eng muhim xalqaro musobaqada qolgan sportchilar uchun hakamlik adolatli va xolis bo‘lishini talab qilamiz”, dedi Qozog‘iston MOQ matbuot kotibi Janar Uteshev.

Avvalroq og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev Parij Olimpiadasi doirasida nimchorak final jangida ispaniyalik Ayyub Gadfaga qarshi jangda mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:24, 02.08.2024.
O'qildi: 3429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.