Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Parij-2024. Boks. To‘rabek Habibullayev ikki karra olimpiada chempionini musobaqadan chiqarib yuborishi kerak edi...

Parij-2024. Boks. To‘rabek Habibullayev ikki karra olimpiada chempionini musobaqadan chiqarib yuborishi kerak edi...

Baho:
+ | -

Boks bo‘yicha 80 kg. vazn toifasida olimpiadada debyut qilgan To‘rabek Habibullayev chorak finalda yana bir kuchli raqibga qarshi jang qildi. Hamyurtimizga ikki karra olimpiada chempioni — kubalik Arlen Lopes raqiblik qildi.

To‘rabek bahs boshidanoq tajovuzkor uslubda jang qila boshladi. Ammo negadir hakamlarning 3 nafari ustunlikni birinchi bo‘limda Lopesga berdi.

Arlen ikkinchi bo‘limda biroz o‘ziga keldi va tajribasi evaziga kichik ustunlikka ega bo‘ldi. So‘nggi bo‘lim oldidan kubalik sportchi 2:1 hisobida oldinda edi.

Habibullayev g‘alaba qozonishi uchun uchinchi bo‘limda barcha hakamlarning ovozini olishi talab etilardi. Vatandoshimiz aniq zarbalari evaziga Arlen Lopesni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ammo 2 hakam so‘nggi bo‘lim uchun ustunlikni raqibga berdi. Yakuniy baholar — 2:3 (28-29, 27-30, 28-29, 29:28, 30-27).

Shu tariqa, hakamlarning biroz tushunarsiz baholari evaziga yosh bokschimiz olimpiadani tark etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:32, 03.08.2024.
O'qildi: 7237 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик