Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Xitoy taypeyilik "erkak"ka yutqazib qo‘ygan Sitora Turdibekova 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi

Xitoy taypeyilik "erkak"ka yutqazib qo‘ygan Sitora Turdibekova 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Parij Olimpiadasida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova Xalqaro boks assosiasiyasi tekshiruvlariga ko‘ra erkak deb topilgan xitoy taypeyilik Lin Yuy-Tinga qarshi jang qilib, mag‘lubiyatga uchragandi.

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov o‘zining Instagram sahifasida mazkur holatni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi uchun sharmandalik ekanligini bildirib, erkak bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilgan ayol bokschilar IBA tomonidan 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanishini aytdi.

Qayd etish joizki, Turdibekovadan tashqari italiyalik Anjela Karini ham raqibi genetik tekshiruvda erkak kishi ekanligini aniqlangan jazoirlik Iman Xelifga qarshi jangning 46-soniyasida to‘qnashuvni davom ettirishdan bosh tortgandi.

Kiritildi: 17:32, 03.08.2024.
O'qildi: 5987 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик