Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endrik va Gyuler "Real" mashg‘ulotlarini tark etdi

Endrik va Gyuler "Real" mashg‘ulotlarini tark etdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Endrik va yarim himoyachi Arda Gyuler mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Chorshanba kuni “Los-Blankos” Londonning “Chelsi” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi va har ikkala yosh iqtidor sohibi bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi ostida. Jurnalist Gilermo Rai xabariga ko‘ra, 18 yoshli braziliyalik va 19 yoshli turkiyalik dushanba kuni "Real Madrid" mashg‘ulotini yakunlay olmadi. Qayd etilishicha, ikkala futbolchi ham ortiqcha yuklamalar tufayli jabrlangan.

Endrik o‘tgan oyda Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan madridliklar safiga qo‘shildi. Arda Gyuler o‘tgan yozdan beri Karlo Anchelotti jamoasida to‘p tepmoqda.

Kiritildi: 07:41, 06.08.2024.
O'qildi: 9110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик