Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev o‘z faoliyatini yakunladi

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyev o‘z faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yana bir dzyudochi o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Avvalroq o‘zining uchinchi Olimpiadasida ishtirok etgan Gulnoza Matniyazova o‘z faoliyati yakuniga yetganini e’lon qilgan edi.

Kuni kecha yana bir tajribali sportchi Sharofiddin Boltaboyev ham Parijdagi musobaqa faoliyatidagi eng so‘nggisi bo‘lishini aytdi.

"Parij Olimpiadasini ham tugatdim. Hozirda juda ham og‘ir kunlarni, stressni boshimdan o‘tkazyapman, sababi 25 yillik mehnatlarim va orzularimdan voz kechyapman! 4 yoshimda shu sportni boshlaganman.

Har bir ishimda faqat shu sport bilan bo‘lganman, bir kun ham tashlab ketmaganman. 11 yil uzluksiz terma jamoada yurtim uchun tatamiga chiqdim. Hech qachon yurtimni or nomusini sotmadim! Men uchun, to‘g‘risi juda ham og‘ir qarorni qabul qildim. Shu to‘g‘ri tanlov deb o‘ylayman va meni qarorimni hurmat bilan, to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman.

Men o‘z sport faoliyatimni yakunladim, hammasi uchun sizlarga katta rahmat. Sizlarni bir xafa qildim, bir xursand qildim, rozi bo‘lasizlar. Olimpiada medalini olib kelaman deb harakat qildim, lekin taqdirimga yozilmagan ekan. Alloh eng yaxshisini bilguvchi.

Men 29 yoshga to‘ldim. O‘zimga mos ish nasib qilishiga ishonaman. Sog‘-salomat bo‘linglar", deb yozdi Boltaboyev.

Sharofiddin Boltaboyev bir necha bor “Katta dubulg‘a” va Gran-pri turkumidagi musobaqalarning g‘olib va sovrindori, uch karra Osiyo chempionati sovrindori hisoblanadi.

Kiritildi: 12:41, 06.08.2024.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик