Yunon-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aram Vardanyan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi.
-77 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimiz ilk bahsda misrlik Mahmud Abdulrahmondan ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi. Unda yurtdoshimizga Nao Kusaka raqiblik qiladi.