Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Luchesku oradan 38 yil o‘tgach Ruminiya terma jamoasini qabul qilib oldi

Luchesku oradan 38 yil o‘tgach Ruminiya terma jamoasini qabul qilib oldi

Baho:
+ | -

Mircha Luchesku Ruminiya terma jamoasini boshqaradi.

Ruminiya futbol federasiyasi bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida 79 yoshli mutaxassis terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Tomonlar ikki yillik shartnoma tuzdilar. Lucheskuning asosiy maqsadi 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish bo‘ladi.

"Sog‘indingizmi? Biz bu ajoyib hikoyani birgalikda davom ettiramiz.

Ko‘p his-tuyg‘ular, birinchi navbatda, nostalgiya meni bosib oldi. Kecha biz uch soatcha futbol haqida gaplashdik. Ular menga shartnoma taklif qilishadi, deb o‘ylamagandim. To‘g‘risini aytsam, menga taklif bo‘lishini xohlamadim, chunki men yosh murabbiylar kelishini xohlardim.

Edi Iordanesku ixcham, muvozanatli jamoa tuzdi va o‘z ishini davom ettirish unga bog‘liq edi, biroq, tushunishimcha, u buni xohlamagan. Men unga Georgi Xadji bilan gaplashishni maslahat berdim, chunki u terma jamoani yaxshi ko‘radi.

Boshqa tanlovimiz yo‘qligi sababli, men qaytib kelishim va shu vaqt ichida o‘rganganlarimni taklif qilishim kerak. Bilaman, qiyin bo‘ladi, lekin o‘yinchilar avlodiga ishonaman, bu g‘olib jamoa. Belgiya va Niderlandiyaga qarshi o‘yinlarda sodir bo‘lgan voqealar futbolchilarda tajriba yetishmayotganiga yaqqol dalil bo‘ldi. Bu sezilarli darajada o‘sishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar guruhi.

Menga pul kerak emas, qandaydir imidj yaratish, boshimdan kechirgan ajoyib lahzalar meni terma jamoada ishlashga undadi. Mening qarorimga faqat futbolga bo‘lgan muhabbatim sabab bo‘lgan. Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun hamma narsani qilaman.

Xotinim menga bu ishni olmaslikni aytdi. O‘g‘il Razvan menga o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan va his qilgan narsani qilishimni aytdi. Menga qiziqish paydo bo‘ldi, chunki bu oson bo‘lmaydi", - dedi Luchesku.

"Zenit" va "Shaxtyor"ning sobiq murabbiyi Ruminiya terma jamoasini 1981 yildan 1986 yilgacha boshqargan.

Kiritildi: 14:43, 06.08.2024.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.