Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jamshid Saidov: «Andijon»ga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik, deb o‘ylayman»

Jamshid Saidov: «Andijon»ga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik, deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Andijon» (0:3) uchrashuvidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov savollarga javob qaytardi.

— Biz ikkinchi tarkibimiz bilan maydonda harakat qildik. «Andijon»ga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik, deb o‘ylayman. Bugun bir qator yosh futbolchilarimizga imkoniyat berdik. Ikkita frontda tengma-teng kurashish ancha mushkul. Shu bois bugungi uchrashuvda yoshlarga ham ko‘proq imkoniyat berishga qaror qildik. Ko‘rdinglar, ikkinchi tarkibimiz ham imkon qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Lekin jamoamizda o‘xshamadi. Endi barcha e’tiborimizni chempionat o‘yinlariga qaratamiz. «Qizilqum»ni bu ikkinchi tarkibi deb yozishganiga guvoh bo‘ldim. Bunga bir qator sabablar bor edi. Yoshlarimiz o‘yinida kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Biroq ular mana shunday uchrashuvlar orqali tajriba orttirishadi, deb o‘ylayman. O‘ylaymanki, yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Yigitlarga minnatdorchiligimni bildiraman. Bir qancha vaziyatlarda yoshlarimizni tajribasizligi ham pand berdi.

— «Andijon» chempionatda 19 ochko, «Qizilqum» esa 18 ochko to‘plab turibdi. Ammo «Andijon» o‘z oldiga maqsad qo‘yib Kubokda muvaffaqiyat qozonib Osiyo maydonlariga chiqmoqchi...

— To‘g‘ri, jamoalar chempionatda yonma-yon. Lekin bizni oldimizga Kubokda aniq maqsad qo‘yilmagandi. Shu bois ikkinchi tarkibimizga ham imkoniyat berishga qaror qildik. Yoshlarga imkoniyat berish orqali Kubokning o‘tgan bosqichida safarda «Mash’al»ni mag‘lubiyatga uchratib chiqdik. Mana shunday bellashuvlar orqali yoshlarimizga imkoniyat taqdim etib boryapmiz. Ikkinchi davra ancha og‘ir va qiyin o‘tishi ko‘rinib turibdi.

— Rahbariyat oldingizga Kubokda aniq maqsad qo‘ymagandir, ammo muxlislar uchun o‘zinglar Kubokda ham harakat qilib ko‘rsanglar bo‘lmasmidi?!

— Sizga yana bir marta aytaman: buni o‘ziga yarasha sabablari bor. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri qaror qabul qildik. Boya aytdim, ammo siz yana qaytadan shu savolni beryapsiz. Buni o‘ziga yarasha sabablari bor. Biz ikkinchi tarkib bilan maydonga tushdik, lekin o‘xshamadi, tamom. Bu narsani yana takrorlashni hojati yo‘q.

— Yoshlar bilan ham yutishinglarga ishonganmidingiz?

— Albatta, ishongandim. Har bir murabbiy jamoasining g‘alabasiga ishonadi. Futbolchilar harakat qilishdi va ular yaxshi o‘ynashdi. Qayerdadir o‘xshamadi, qayerdadir tajriba yetishmadi. O‘tkazib yuborilgan gollarda yosh bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ydik. Birinchi va ikinchi gollarda shunday xatolarga yo‘l qo‘ydik. Tarkibimizdagi 4-5 nafar futbolchilarimiz birinchi marta bunday darajadagi o‘yinda maydonga tushishdi. Ularda hayajon bo‘ldi va ba’zida qayerga yugurishni ham bilmay qoldilar. Tajribasi yo‘qligi ko‘rinib turdi. Bunday o‘yinlar orqali malakasi oshib boradi. Ertaga Superliga o‘yinlarida maydonga tushib yaxshi natija ko‘rsatishlari uchun mana shunday uchrashuvlarda tajriba orttirishlari kerak, deb hisoblayman.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:01, 08.08.2024.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.