Pepe futbolchilik faoliyatini yakunladi.
41 yoshli futbolchi bu qarorini ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
Portugaliyalik himoyachining so‘nggi klubi «Portu» bo‘lib, u 2019 yilda u yerga qaytgandi. Pepe shuningdek, «Maritimo», «Real Madrid» va «Beshiktosh» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.